INFORMATION

Updated:
BundleID:
com.duolar.najotkor
Version:
1.0
Category:
Books & Reference
Required:
Android
Rating:
Publish:
2022-07-19
Price:
Free
Developer:

WHAT'S NEW

Najotkor duolar

Najotkor duolar App SCREENSHOT

【图】Najotkor duolar(截图1)【图】Najotkor duolar(截图2)【图】Najotkor duolar(截图3)

Najotkor duolar App DESCRIPTION

Bugungi ijtimoiy xayotimizda har bir insonning yashash mobaynida goh undoq goh bundoq, turli xil mushkul va qiyinchiliklarga ro‘baro kelishi hammaga ma’lum. Chunki Allox taolo har bir insonni taqdirini o‘ziga xos tabiat bilan yaratgan. Shuning uchun har bir insonni turmush xayotida turli sinovlar bilan imtixon qiladi. Allohning muxabbatida yurgan taqvodagi ibodatli kishi biron mushkulga to‘g‘ri kelsa, birinchi o‘rinda o‘zining qilayotgan kundalik amaliga qarab sarxisob qiladida.

Kamchilik xatolari bo‘lsa uni to‘g‘rilash uchun tavba va tazarru ila Alloxdan najot, Qur’ondan va Sunnatdan o‘ziga imkon izlaydi. Shunday ekan Allox xaq subxana xuvvataaolo bandalarga najaot keltiruvchi o‘z raxmatidan bo‘lgan oyatlarini nozil qilgan bo‘lib, uni Payg‘ambarimiz sallolloxu alayxi vasallamga ta’lim berish bilan bizlarga marxamat qiladi.

Manba: Islomziyouz com

SIMILAR to Najotkor duolar App

Islom dini va uning tarixiga oid bilimlaringizni tekshiring
Assalomu alaykum, Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!Islomiy testlar mobil ilovasini siz azaizlarga taqdim etamiz. Ushbu ilova orqali o`z ilmlaringizni yanada ziyoda qilmoqlik bilmaganlaringizni o`zganmoqlik tilakdoshiman. Ushbu testlar aniq manbalarga tayangan holda tuzilgan.Testlar ziyouz com sayti viktorina savollaridan olindi. Ushbu xayrli va savobli ishni amalga oshirganligi va ahli mo`minlarning diniy bilimlarini oshirishda salmog`li xissa qo`shganligi uchun ziyouz com sayti ma`muriyatiga chuqur minnatdorchiligimizni bildirib o`tamiz.Agar ilova sizga manzur kelsa yaqinlaringizga ham ulashing.
Nosiruddin Burhonuddin o'g'li Rabg'uziyning Qissasi Rabg'uziy asari
Milodiy 1309–1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabg‘uziy” asarini kitobat olamining go‘zal, betakror bir obidasiga qiyos etgulik! Yozma yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha yashab o‘tgan payg‘ambarlarning hayoti, ezgu o‘yu amallari hikmatlar, rivoyatlar orqali mohirona aks ettirilgan. Unda Sharq falsafasi bilan qadimiy milliy qadriyatlarimiz uyg‘unlashib ketgan.Qadimiy turkiy tilni o‘zida ifoda etgan bebaho durdona ikki kitobdan iboratdir. Sobiq sovetlar davrida hayoti va ijodi o‘rganilishi taqiqlangan allomaning ushbu asari Mustaqillik sharofati va tariximizga munosabat o‘zgarganligi tufayli darsliklardan o‘rin oldi. Masalan, 9-sinf adabiyoti majmuasiga Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy(oxirati obod bo‘lsin)ning mashhur asarlaridan namunalar kiritilgani buning isbotidir. “Qisasi Rabg‘uziy” asari o‘zbek nasriy adabiyotining birinchi yirik namunasidir.El orasida qadimdan mashhur bo‘lgan bu asar “Payg‘ambarlar qissasi” yoki “Avliyolar qissasi”deb ham yuritiladi. Zero, asarda Odam Atodan boshlanib, Muhammad alayhis-salomgacha o‘tgan barcha payg‘ambarlar haqida zikr etiladi. Kitobda afsonaviy payg‘ambarlar bilan birga payg‘ambarlashtirilgan shaxslarga, jumladan, Luqmoni hakim, Iskandar Zulqarnaynga ham katta o‘rin berilgan.Asar muqaddimasida aytilishicha, qo‘lyozma Xorazmda Raboto‘g‘uz degan joyning qozisi Burhonuddin o‘g‘li Nosiruddin tomonidan musulmon dinini qabul qilgan, e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblangan Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra, hijriy 709 (milodiy 1309–1310) yilda yozilgan. Nosiruddin Rabg‘uziy asarni deyarli bir yillik..
Islomga ko'ra turmush qiluvchi kishi amal qilishi kerak bo‘lgan odoblar
Islomda har bir turmush qiluvchi kishi amal qilishi kerak bo‘lgan ma’lum odoblar bor. Hozirda ko‘pchilik, hatto ayrim islomiy ibodatda bo‘lganlar ham bunday odoblarga e’tiborsiz qaramoqdalar yoki umuman xabarlari ham yo‘q. Shuning uchun ushbu qo‘llanmani yozishga qaror qildim va u musulmon birodarlarimga shariat ko‘rsatmalariga o‘z o‘rnida amal qilishlariga yordam beradi deb umid qilaman.Ushbu risolada men uylanayotgan har bir kishi uchun muhim bo‘lgan masalalarni yoritib berishga harakat qildim. Unda keltirilgan hadisi shariflarning lafzi va ma’nosi jihatidan har qanday shubhadan xoli bo‘lgan hadislar bo‘lishiga alohida e’tibor qaratdim. Kim bu ma’lumotlarni o‘qib amal qilsa, oilaviy hayotini sof diniy asos ustiga qurgan bo‘ladi. Alloh ta’olo uning hayotiga haqiqiy baxt muhrini bosishini, nikoh hayotini Sunnatga amal qilish bilan boshlagani uchun ajr berishini va uni Qur’onda zikr qilgan bandalari qatoriga qo‘shishini umid qilaman.
Hazrati Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy»si
Jaloliddin RUMIY“MASNAVIY”DAN IBRATLI HIKOYALARMasul muxarrir:Abdumurod TILAVOVfilologiya fanlari nomzodiHazrati Mavlononing hayotiMavlono Jaloliddin Rumiy 1207 yil 30 sentabrda bugungi Afg‘oniston hududiga qarashli bo‘lgan Xuroson o‘lkasining Balx shahrida tug‘ilgan. Mavlononing otasi Balx shahrining peshvolaridan bo‘lib, «Olimlar sultoni» unvonini olgan Husayn Hatibi o‘g‘li BahovuddinValaddir. Onasi esa Balx amirining qizi Mo‘mina xotundir. Bahovuddin Valad ba’zi sayosiy voqealar va mo‘g‘ul istilosi sababli Balxdan ketishga majbur bo‘lgan. 1212 yoki 1213 yilda oila a’zolari va yaqinlari bilan birgalikda Balxdan ketganlar.«Olimlar sultoni»ning ilk o‘rnashgan joyi Nishopur bo‘ldi. Bu shaharda mashhur mutasavvif Farididdin Attor bilan uchrashdi. Mavlono kichik bo‘lishiga qaramay u erda Farididdin Attorning nazariga tushdi. «Olimlar sultoni» Nishopurdan Bog‘dodga va keyinchalik Kufa yo‘li orqali Ka’baga yo‘l oldi. Haj amalini bajargandan so‘ng, qaytishda Shomga kirib o‘tdi. Shomdan Malazya, Erzinjon, Sivas, Qaysari, Nig‘de yo‘llari orqali Larendega (Karaman) keldi.Karamanda amir Muso qurdirgan madrasada qo‘nim topdi. 1222 yilda Karamanga kelgan «Olimlar sultoni» va uning oilasi bu yerda yetti yil yashadi. Mavlono 1225 yilda Sharafiddin Loloning qizi Gavhar xonimga uylandi. Mavlononing bu nikohidan sulton Valad va Alovuddin Chalabiy ismli ikki o‘g‘li bor. Bir necha yillardan so‘ng Gavhar xonimni yo‘qotgan Mavlono bir bolasi bilan beva..
Nosiruddin Burhonuddin o'g'li Rabg'uziyning Qissasi Rabg'uziy asari
Milodiy 1309–1310 yillarda yozilgan “Qisasi Rabg‘uziy” asarini kitobat olamining go‘zal, betakror bir obidasiga qiyos etgulik! Yozma yodgorlikda Odam Ato va Momo Havodan tortib, Muhammad Mustafogacha yashab o‘tgan payg‘ambarlarning hayoti, ezgu o‘yu amallari hikmatlar, rivoyatlar orqali mohirona aks ettirilgan. Unda Sharq falsafasi bilan qadimiy milliy qadriyatlarimiz uyg‘unlashib ketgan.Qadimiy turkiy tilni o‘zida ifoda etgan bebaho durdona ikki kitobdan iboratdir. Sobiq sovetlar davrida hayoti va ijodi o‘rganilishi taqiqlangan allomaning ushbu asari Mustaqillik sharofati va tariximizga munosabat o‘zgarganligi tufayli darsliklardan o‘rin oldi. Masalan, 9-sinf adabiyoti majmuasiga Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziy(oxirati obod bo‘lsin)ning mashhur asarlaridan namunalar kiritilgani buning isbotidir. “Qisasi Rabg‘uziy” asari o‘zbek nasriy adabiyotining birinchi yirik namunasidir.El orasida qadimdan mashhur bo‘lgan bu asar “Payg‘ambarlar qissasi” yoki “Avliyolar qissasi”deb ham yuritiladi. Zero, asarda Odam Atodan boshlanib, Muhammad alayhis-salomgacha o‘tgan barcha payg‘ambarlar haqida zikr etiladi. Kitobda afsonaviy payg‘ambarlar bilan birga payg‘ambarlashtirilgan shaxslarga, jumladan, Luqmoni hakim, Iskandar Zulqarnaynga ham katta o‘rin berilgan.Asar muqaddimasida aytilishicha, qo‘lyozma Xorazmda Raboto‘g‘uz degan joyning qozisi Burhonuddin o‘g‘li Nosiruddin tomonidan musulmon dinini qabul qilgan, e’tiborli mo‘g‘ul beklaridan hisoblangan Nosiruddin To‘qbug‘aning iltimosiga ko‘ra, hijriy 709 (milodiy 1309–1310) yilda yozilgan. Nosiruddin Rabg‘uziy asarni deyarli bir yillik..
Tahorat namoz oʻqish, ibodat oldidan yuvinish, poklanish jarayoni.
Tahorat — namoz oʻqish, ibodat oldidan yuvinish, poklanish jarayoni. Xususiy shakli sifatida tayammum koʻriladi. Islomda tahoratning ikki turi mavjud: vuzuʼ — kichik tahorat — qoʻloyoq va yuzni yuvish; gʻusul — katta tahorat — toʻla yuvinish, choʻmilish. Tahoratning 4 ta farzi bor; yuzni yuvmoq; ikki qoʻlni tirsak ila qoʻshib yuvmoq; ikki oyoqni toʻpigʻi ila qoʻshib yuvmoq, boshning toʻrtdan bir qismiga mash tortish — ikki qoʻlni hoʻllab surtmoq. Bu farzlardan birortasi bajarilmasa, tahorat haqiqiy boʻlmaydi. Tahoratning farzlaridan boshqa uning sunnat va vojiblari ham boʻladi. Tahorat oladigan har bir kimsa suvni keragidan ortiq ham, oz ham sarf qilmasligi; suvni yuzga shapillatib sochmasligi; tahorat qilayotganda oʻrinsiz gaplashmasligi; iflos yerda tahorat olmasligi kerak. Tahorat qilish uchun suv topilmasa tayammum qilinadi. Tahorati bor kishida quyidagi holatlardan biri yuz bersa tahorati buzilgan hisoblanadi: vujudning biron yeridan qon, yiring, suv chiqsa; ogʻzi toʻlib qussa; tupurgan vaqt tupugini yarmidan koʻpi qon boʻlsa; kichik va katta hojatga borsa va orqadan yel chiqarsa; bexush yoki mast boʻlsa; namoz vaqtida kulsa; uxlasa. Tahoratni buzadigan holatlar roʻy bersa, tahoratni boshqatdan qilish lozim boʻladi.
Ahmad Hodiy Maqsudiyning Ibodati Islomiya kitobi
Ushbu kitob shariatimiz qoidalari ahli sunna val jamoa, xususan, hanafiy mazhabi ‎ko‘rsatmalariga asosan tushuntirilgan. Asar o‘tgan asr boshlarida o‘sha paytdagi til ‎meʼyorlariga mos ifoda va iboralar ila bitilgan. Bu yo‘sindagi ifoda hozirgi zamon ‎o‘quvchisining tushunishiga biroz qiyinchilik tug‘diradi, albatta. Shu bois muallif ‎tilini biroz bo‘lsa-da zamonaviylashtirishga jurʼat etdik.‎Ushbu qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanib, e'tiqodu amal masalalarini o‘rganishda xizmat qiladi, degan umiddamiz.
Islom dini va uning tarixiga oid bilimlaringizni tekshiring
Assalomu alaykum, Butun olamlarni yaratgan, Mehribon va Rahiym Allohga hamd-sanolar bo'lsin. Olamlarga rahmat payg'ambarimiz Muhammad SAVga durudu salomlar bo'lsin!Islomiy testlar mobil ilovasini siz azaizlarga taqdim etamiz. Ushbu ilova orqali o`z ilmlaringizni yanada ziyoda qilmoqlik bilmaganlaringizni o`zganmoqlik tilakdoshiman. Ushbu testlar aniq manbalarga tayangan holda tuzilgan.Testlar ziyouz com sayti viktorina savollaridan olindi. Ushbu xayrli va savobli ishni amalga oshirganligi va ahli mo`minlarning diniy bilimlarini oshirishda salmog`li xissa qo`shganligi uchun ziyouz com sayti ma`muriyatiga chuqur minnatdorchiligimizni bildirib o`tamiz.Agar ilova sizga manzur kelsa yaqinlaringizga ham ulashing.
Abdulaziz Mansur va Alouddin Mansur tarjimalari
QUR’ONI KARIMMa’nolari tarjimasiTarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur Mas’ul muharrir: Hamidulla KaromatovTAHRIR HAY’ATI A’ZOLARI:Abdurashid qori Bahromov, Rahmatulloh qori Obidov, Ne’matilla Ibrohimov, Hayriddin Sultonov,Hamidulla Karomatov, Najmiddin Komilov, Zuhriddin Husniddinov, Zohidjon Islomov, Botirbek Hasanov.O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining qarori va Toshkent islom universiteti Ilmiy kengashi tavsiyasiga binoan nashr etildi.TARJIMA HAQIDAMa’lumki, Qur’oni karim Alloh taolo tomonidan Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga 23 yil mobaynida sura, oyat tarzida elchi farishta –Jabroil alayhissalom orqali ilohiy vahiy sifatida, arab tilida, og‘zaki nozil qilingan. Islom dini ta’limotining asosiy manbalari (Qur’on, Sunnat, Ijmo‘, Qiyos)ning birinchisi sanalmish bu Kalomi sharifning til va bayon jihatidan ilohiy mo‘’jizaligi ham uni arab tilida o‘qib, fikr yuritgandagina namoyon bo‘ladi. Boshqa har qanday tilga o‘girilganda Qur’on tiliga xos xususiyatlar, nazmiy uslub, maftunkor ohang va ruhiy ta’sir o‘z kuchini yo‘qotadi. Tarjimon har qancha mahoratli, tajribali lug‘atga boy bo‘lmasin, oyatlarning arabcha holidagi mazmunini boshqa tilda mukammal ifoda eta olmaydi. Bu inkor etib bo‘lmas haqiqat.Arab tilida o‘qib anglash esa, hammaning ham imkon darajasida emas. Hatto arablarning o‘zlari ham Qur’on oyatlarini to‘la tushuna olmasliklarini tan oladilar. Ulug‘ sahobalar ham ko‘pdan-ko‘p oyatlar mazmunida bahslashib, bir yechimga kelisha olmay, Rosul alayhissalomning o‘zlaridan..
Turli holat va vaziyatlarda o'qiladigan duolar to'plami
Bugungi ijtimoiy xayotimizda har bir insonning yashash mobaynida goh undoq goh bundoq, turli xil mushkul va qiyinchiliklarga ro‘baro kelishi hammaga ma’lum. Chunki Allox taolo har bir insonni taqdirini o‘ziga xos tabiat bilan yaratganShuning uchun har bir insonni turmush xayotida turli sinovlar bilan imtixon qiladi. Allohning muxabbatida yurgan taqvodagi ibodatli kishi biron mushkulga to‘g‘ri kelsa, birinchi o‘rinda o‘zining qilayotgan kundalik amaliga qarab sarxisob qiladida.Kamchilik xatolari bo‘lsa uni to‘g‘rilash uchun tavba va tazarru ila Alloxdan najot, Qur’ondan va Sunnatdan o‘ziga imkon izlaydi. Shunday ekan Allox xaq subxana xuvvataaolo bandalarga najaot keltiruvchi o‘z raxmatidan bo‘lgan oyatlarini nozil qilgan bo‘lib, uni Payg‘ambarimiz sallolloxu alayxi vasallamga ta’lim berish bilan bizlarga marxamat qiladi.Manba: Islomziyouz com
Duo — xudoga iltijo qilib, o‘zi yoki boshqalar uchun yaxshiliklar so'rash
Duo — xudoga iltijo qilib, o‘zi yoki boshqalar uchun uzoq umr, baxt, najot tilash va yomonlikni qaytarishni so‘rash. Bunda Duo qiluvchi ma’lum bir xattiharakatni ado etadi (mas, musulmonlarda ikki qo‘lini yuziga tortib fotiha qiladi). Duo barcha dinlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. U ibtidoiy davrda so‘zning sehrli kuchiga ishonish, uning yordamida ilohiy kuchlardan foydalanish mumkin degan ishonch asosida shakllangan. Duoni qaysi tilda qilishning ahamiyati yo‘q. Lekin islom dini aqidasi bo‘yicha, agar talaffuzini o‘rniga qo‘ya olsa va mazmunidan ogoh bo‘lsa, duoni arab tilida qilish afzaldir. Duoning ikki turi bo‘ladi. Birinchisi, "ma’sura", ya’ni matni Qur’on, hadis yoki boshqa diniy manbalarda aniqbelgilab qo‘yilgan Duolar. Ularni buzmay, qo‘shmay, qanday ko‘rsatilgan bo‘lsa o‘sha tarzda o‘qiydilar. Ikkinchisi, "muhtaraa", ya’ni Duo matnini o‘zi to‘qib, erkin holatda iltijo qilish. But, sanam va soxta ma’budalarga yolvorib iltijo qilish ham Duo turiga kiradi. Islom aqidasi bo‘yicha, farzand ato etish, shifo berish, baloqazodan asrash, insoftavfiq kabi hojatlar faqat Allohning o‘zidan so‘raladi. Undan boshqadan so‘rashlik shirk va kufr sanaladi.
Alixonto’ra Sog’uniyning Tarixi Muhammadiy asari
Alixonto’ra Sog’uniyTARIXI MUHAMMADIYBilmak kerakkim, har bir musulmon bolasi, xohi er kishi, xohi xotun kishi, xohi yosh, xohi qari, mana shu tubandagi to‘rt narsaning tarixini bilishi albatta lozimdur.I. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom tarixlari.II. Qur’oni karim tarixi.III. Dini Islom tarixi.IV. Ka’batulloh tarixi.Shuning uchun, men faqir — Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniydurmankim, bizlardin keyingi avlod nasllarimizga va ham boshqa turkiy tillik vatandosh, din qarindoshlarimizga mendan yodgor bo‘lsin deb yuqoridagi to‘rt narsa tarixini har qandoq kishi tushungudek qilib, ochiq turkiy tilida yozdim. Bu kitobga «Tarixi Muhammadiy» deb ot qo‘ydim. Buni o‘qiguvchilar faqirni duolarida yod qilib qo‘yishlarini umid qilurman.«Tarixi Muhammadiy» muallifi Alixonto‘ra Sog‘uniyni asrimizning ko‘plab ulamoi fozillari o‘zlarining buyuk ustozlari deb biladilar. Zero, ul zoti bobarakotning serfayz va ta’sirchan suhbatlaridan bir lahza bahramand bo‘lgan har bir tolibi sodiq yillar davomida o‘zga ustozlardan olgan saboqlari yoki yuzlab mutolaa qilgan kitoblardan olgan ma’lumotlaridan ham ziyodroq istifoda etar edi, desam mubolag‘a bo‘lmas. Kamina esa bir lahza emas, Tangriga behad shukrlar aytamankim, ul ustozi kullning darsgo‘ylik davralarida va fayzli suhbatlarida ko‘p bo‘lganman va ko‘pdan-ko‘p ilmiy ishtibohlarimni so‘rab o‘ta qoniqarli javoblar olganman.

Najotkor duolar App DOWNLOAD

Free DownloadGoogle Play